2026/2027 yilgi Rossiya Premyer-ligasining 10-turida "Rubin" va "Dinamo" (Moskva) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tmoqda. O‘yin Qozon shahridagi "Ak Bars Arena"da bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda o‘yin 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lmoqda.
30-daqiqada Qozon himoyachisi, hamyurtimiz Jaxongir O‘rozov o‘z darvozasiga gol urdi.
"Rubin" hozirda RPL turnir jadvalida dastlabki to‘qqiz turdan 12 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. "Dinamo" esa 19 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.













