«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLSda yana bir rekordni yangiladi.
39 yoshli futbolchi «Di-Si Yunayted»ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Endi argentinalik futbolchining hisobida joriy mavsumda 23 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.
"Inter Miami News Hub" ma’lumotiga ko‘ra, Messi MLS tarixida ketma-ket uch mavsum davomida 35 ta yoki undan ko‘p golli harakatda (gol va golli uzatmalar yig‘indisi) ishtirok etgan birinchi futbolchiga aylandi.
O‘tgan mavsumda Lionel jamoasining chempionatdagi 48 ta golida bevosita ishtirok etgan. 2024 yilgi mavsumda esa bu ko‘rsatkich 36 tani tashkil qilgan. Joriy mavsumda ham argentinalik futbolchi 36 ta golli harakatni amalga oshirdi.
Ayni paytda Messi MLSning 2026 yilgi mavsumida eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.













