Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "An-Nasr" — "Neftchi" uchrashuvi oldidan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Bugun Ar-Riyoddagi "Al-Avval Park" stadionida tashkil etilgan yig‘ilishda ertangi bahs bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Unga ko‘ra, mezbon "Al-Nasr" uchrashuvda sariq-ko‘k rangli liboslarda harakat qiladi. Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi esa maydonga oq-qora rangli liboslarda tushadi.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" va "Neftchi" o‘rtasidagi bahs 12 oktyabr kuni Ar-Riyoddagi "Al-Avval Park" stadionida bo‘lib o‘tadi.













