Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Nodirbek Abdusattorov bo‘lajak rafiqasi bilan qanday tanishganini aytib berdi

Nodirbek Abdusattorov bo‘lajak rafiqasi bilan qanday tanishganini aytib berdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Lolazor” podkastiga bergan intervyusida bo‘lajak rafiqasi bilan qanday tanishib qolgani haqida so‘zlab berdi. Ularning ilk uchrashuvi bu yil Navro‘z bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda bo‘lib o‘tgan.

Shaxmatchining aytishicha, u bayramga sportchi sifatida taklif etilgan, bo‘lajak rafiqasi esa kimyo sohasi vakili sifatida qatnashgan. Ular tasodifan yonma-yon o‘tirib qolgan va shu tariqa tanishib ketgan.

“Tanishishimiz juda qiziq bo‘lgan. Tadbirda tasodifan yonma-yon o‘tirib qolganmiz. O‘sha yerda suhbatlashib, tanishib oldik. Eng qizig‘i, xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, tadbirga telefon olib kirish mumkin emas edi. Barcha aloqa vositalarini tashqarida qoldirgandik. Shuning uchun konsert tugagach, qaytishda avtobusda bir amallab uning telefon raqamini olib qolganman”, deya tabassum bilan eslaydi Nodirbek.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov o‘zbek shaxmatining eng taniqli vakillaridan biri. U 2022 yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan. Jamoa oradan to‘rt yil o‘tib, Samarqandda tashkil etilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ham chempionlikni takrorlagan.

Shuningdek, Abdusattorov Samarqanddagi musobaqada birinchi taxtada ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:09, 11.10.2026.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик