Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

O‘FA «Neftchi»ga qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qildi

O‘FA «Neftchi»ga qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qildi

Baho:
+ | -

Avvalroq «Neftchi» Vladimir Yejurov, Manuchehr Safarov, Zoir Jo‘raboyev, Arabuli Bachana, Tomislav Mrchela kabilardan qolib kelayotgan qarzdorlikni bartaraf qilib, FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashga erishgandi.

Keyinroq O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita to‘plangan ma’lumotlar asosida «Neftchi»ga yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishini chekladi. O‘tgan vaqt davomida klub O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi da’volari bo‘yicha ish olib bordi hamda bu borada ayrim futbolchilar bilan to‘liq hisob-kitob qildi. Shuningdek, bir qator futbolchilardan qolib kelayotgan qarzdorlik qisman bartaraf etildi va ular bilan yozma kelishuvga erishdi. Qo‘shimchasiga «Neftchi» Farg‘ona viloyat futbol maktabi bilan hamkorlik shartnomasi doirasidagi majburiyatlarini 2025 yilgi mavsum davomida bartaraf etish bo‘yicha O‘FA bilan kelishuvga erishdi.

Shundan kelib chiqib, O‘FA tegishli qo‘mitasi klub murojaatini atroflicha o‘rganib chiqib, yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan qo‘yilgan taqiqni shartli ravishda bekor qildi. Endilikda klub O‘FA hamda O‘FU bilan kelishuvlarga muvofiq o‘z majburiyatini belgilangan muddatlarda amalga oshirishi talab etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:39, 21.02.2025.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.