Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Dinamo» Dubayda to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

«Dinamo» Dubayda to‘rtta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik bosqichining so‘nggi qismini Dubayda o‘tkazgan «Dinamo» jamoasi 12 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida to‘rtta kuchli sparring raqibga qarshi maydonga tushdi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz dastlab Armaniston chempioni «Urartu»ga qarshi maydonga tushgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda Rossiyaning uch karra chempioni «Lokomotiv»ga qarshi o‘ynadi. Uchinchi bahsda Qozog‘istonning uch karra chempioni, UYEFA Konferensiyalar ligasi ishtirokchisi «Astana»ga qarshi saf tortilgan bo‘lsa, so‘nggi o‘yinda Valeriy Karpin murabbiyligidagi «Rostov» klubi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, Dubaydagi o‘rtoqlik o‘yinlarida natija emas, aynan kuchli raqiblarga qarshi sinov o‘yinlari o‘tkazish maqsad qilingandi. Jamoamizning Dubaydagi mashg‘ulotlari 24 fevralga qadar davom etib, shu kuni «Dinamo» O‘zbekistonga qaytadi. Superliga startidan oldingi yakuniy mashg‘ulotlar Toshkentda davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:33, 23.02.2025.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.