"Liverpul" APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 23 o‘yinga yetkazdi.
Arne Slot jamoasi APLning 26-turida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
"Qizillar" so‘nggi bor chempionatda sentyabr oyi o‘rtalarida "Nottingem Forest"ga yutqazishgandi (0:1). O‘shandan beri ular 16 ta g‘alaba va 7 ta durang qayd etib, jadvalda peshqadamlik qilmoqda.
26 fevral kuni "Liverpul" "Nyukasl"ni qabul qiladi.