Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Tomas Myuller Bundesliga 23-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Bu tarzda g‘alaba qozonish har doim zo‘r. Mavsumning bu bosqichida faqat natijalar muhim. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoa yuqori shiddat namoyish etdi. Biz haqli ravishda g‘alaba qozondik," - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi "Bavariya" matbuot xizmati.













