Shotlandiyaning "Glazgo Reynjers" jamoasi yangi murabbiy sifatida sobiq futbolchi va klub sardori Barri Fergyusonni tanladi.
Avvalroq klubga murabbiylik qilgan mashhur Stiven Jerrardning jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar yakunda o‘z tasdig‘ini topmadi - "Reynjers" matbuot xizmati Fergyusonning kelganini rasman e’lon qildi.
Bungacha klubni Filippe Kleman boshqargan.













