Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" o‘z futbolchisini sota olmaydi

"Barsa" o‘z futbolchisini sota olmaydi

Baho:
+ | -

Vitor Rokening "Barsa"dan "Palmeyras"ga 25 million yevroga transferi xavf ostida qolmoqda.

Avvalroq Kataloniya klubi 19 yoshli forvardning transferiga rozi bo‘lgani xabar qilingandi. ESPN xabariga ko‘ra, kelishuv xavf ostida qolgan.

Roke hozirda "Betis"da ijara asosida o‘ynamoqda. Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi qoidalariga ko‘ra, futbolchi faqat Ispaniyada transfer oynasi ochiq bo‘lsa, ijaradan chaqirib olinishi mumkin. La Ligada transferlarning oxirgi kuni 3 fevral edi.

Qoidalar kitobida, shuningdek, futbolchini uchinchi jamoaga ijaraga bergan klubdan qayta olishni taqiqlovchi cheklov ham mavjud. Demak, “Betis” Rokeni “Palmeyras”ga sub-ijaraga bera olmaydi yoki boshqa transfer sxemasidan foydalana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Roke 2023/24 yilgi mavsumda "Barselona" tomonidan 30+31 million yevro evaziga sotib olingan va jamoa safida La Ligada 14 o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 15:21, 25.02.2025.
O'qildi: 2278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик