Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» La Liga shikoyati tufayli jazolanishi mumkin

«Real» La Liga shikoyati tufayli jazolanishi mumkin

Baho:
+2 | -

Ispaniya Futbol Federasiyasi (RFEF) La Liga tomonidan «Real Madrid»ga qarshi berilgan shikoyatni qabul qildi. "Qirollik klubi" hakamlik sha’niga tanqid yog‘dirgani uchun La liga klubni jazolashni so‘rab RFEF'ga murojaat qilgan. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.  

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bu masala bo‘yicha rasmiy ish ochilgan. Endi vakolatli huquq organi (sudya) ma’lumotlarni yig‘ishi kerak. Bu jarayon ikki-uch hafta davom etishi mumkin. Shundan so‘ng, sudya klubga jazo belgilaydi yoki ishni yopiq holda qoldiradi. Eng og‘ir jazo sifatida moliyaviy jarima ko‘zda tutilmoqda.  

«Qirollik klubi» Primeraning 22-turida «Espanyol»ga (0:1) qarshi o‘yindagi hakamlik bo‘yicha RFEFga rasmiy shikoyat yo‘llagan. Unda klub Ispaniyadagi hakamlik tizimini to‘liq isloh qilish zarurligini ta’kidlagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:40, 25.02.2025.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик