Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl - Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli - Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Manuchehr Safarov – «Dinamo» futbolchisi

Manuchehr Safarov – «Dinamo» futbolchisi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi o‘z tarkibini tojikistonlik futbolchi bilan kuchaytirdi.

Samarqand klubi Tojikiston milliy jamoasi himoyachisi Manuchehr Safarov bilan bir yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qiladi. 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Farg‘onaning «Neftchi» klubida o‘tkazib, Superligada 23 o‘yinda bitta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, Qatardagi Osiyo kubogida milliy jamoasi bilan chorakfinalgacha yetib bordi.

Manuchehr 2020 yilda «Xo‘jand» safida OFK kubogida to‘p surgan, 2021 yilda Dushanbening «Istiqlol» klubida Osiyo Chempionlar ligasida 6 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan. So‘ng Eron chempionatida ham bir muddat «Persepolis» klubi sharafini himoya qilgan. 2022 yil yarmida «Lokomotiv»ga o‘tib, 2023 yil yakunigacha jamoa sharafini himoya qilgan. 2024 yilda esa «Neftchi» bilan Superligada mavsumni 5-o‘rinda yakunladi.

Ishonamizki, Manuchehr «Dinamo»dagi o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oladi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:37, 26.02.2025.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.