Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" "Milan" futbolchisini to‘liq sotib olmoqchi

"Roma" "Milan" futbolchisini to‘liq sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Roma" "Milan" yarim himoyachisi Aleksis Salemakersni sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, "Roma" Aleksisni olib qolmoqchi, ammo "rossonerilar" yanvar oyida bu transferni rad etib, 20 mln yevro so‘ragan.

Qayd etilishicha, rimliklar 25 yoshli belgiyalik vinger bilan 2029 yilga qadar shartnoma imzolab, yiliga 2,4 mln yevro maosh olishni rejalashtirgan.

Salemakers mavsum oxirigacha Rim klubi sharafini himoya qiladi. Uning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Aleksis 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:48, 26.02.2025.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик