Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Saudiya tomonidan berilgan 1 mlrd yevrolik shartnoma Vinisiusni qiziqtirib qo‘ydi

Saudiya tomonidan berilgan 1 mlrd yevrolik shartnoma Vinisiusni qiziqtirib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Relevo nashrining xabar berishicha, «Real»ning braziliyalik vingeri Vinisius hozircha jamoadagi kelajagi borasida qaror qabul qilmagan. Manbaga ko‘ra, uni Saudiya Arabistonidan kelgan taklif qiziqtirmoqda. Forvardga bu mamlakatda besh yillik shartnoma uchun 1 milliard yevro taklif qilinmoqda.  

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius bu imkoniyat haqida jamoadoshlari bilan hazilomuz tarzda gaplashgan. Shunga qaramay, u hozircha to‘liq «Real»ga diqqat qaratgan va joriy mavsumda jamoasiga sovrinlar yutishda yordam berishni rejalashtirmoqda.  

Ayni paytda «Real» Vinisius bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Saudiya chempionati vakillari esa bir necha oydan beri hech qanday harakat qilmagan. Ular hozircha futbolchi va madridliklar o‘rtasidagi muzokaralarni kuzatib bormoqda.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 21:45, 26.02.2025.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик