Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Abduqodir Husanovning “Siti”da “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatlari qanday?

Abduqodir Husanovning “Siti”da “oyning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatlari qanday?

Baho:
+4 | -

Angliyaning “Manchester Siti” klubida “fevral oyining eng yaxshi futbolchisi” aniqlanmoqda. Kuchli uchlikdan Erling Holand, Yoshko Gvardiol va Abduqodir Husanov joy oldi.

Quyida, ushbu futbolchilarning fevral oyidagi statistikasini taqdim etamiz.

Erling Holand

Erling Holand fevral oyida ancha samarali harakat qildi. Norvegiyalik forvard to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va bir assist qayd etdi. Futbolchi oy boshida “Arsenal” darvozasiga boshi bilan chiroyli gol urdi. Keyin Chempionlar Ligasi doirasidagi “Real Madrid”ga qarshi bahsda dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda bitta assist qayd etdi. Biroq shu uchrashuvda tizzasidan jarohat olib, “Real” bilan javob bahsi va “Liverpul”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Jarohatdan qaytgach, norvegiyalik yulduz navbatdagi golini kiritdi — “Tottenhem”ga qarshi bahsda uning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi.

Abduqodir Husanov

20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Siti” safidagi debyut o‘yinida bir oz hayajon bilan o‘ynagan bo‘lsa-da, keyingi bahslarda ishonchli harakatlari bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Abduqodir “shaharliklar” safidagi ikkinchi uchrashuvida “Leyton Orient” darvozasiga gol urib, jamoasiga hisobni tenglashtirishga yordam berdi. Keyin “Nyukasl” qarshi maydonga tushgan yosh himoyachi Aleksander Isak va Antoni Gordon kabi kuchli hujumchilarni butun o‘yin davomida zararsizlantirdi va “Siti” 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Husanov Madridda “Real”ning ikki yulduzi – Vinisius Junior va Kilian Mbappega qarshi harakat qildi. Jamoasi 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishiga qaramay, Abduqodir yaxshi o‘yin namoyish etdi. O‘zbekistonlik futbolchi “Liverpul”ga qarshi maydonga tushdi va 90 daqiqa harakat qildi. U fevral oyini ajoyib o‘yin bilan yakunladi – “Siti” safarda “Tottenhem” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. To‘liq o‘yin o‘tkazgan Husanov esa muxlislarning yangi qahramoniga aylandi.

Yoshko Gvardiol

“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol fevral oyida ajoyib o‘yinlar namoyish etdi. Iste’dodli xorvatiyalik futbolchi “Nyukasl” va “Tottenhem”ga qarshi uchrashuvlarda ishonchli harakat qilib jamoasining “quruq” o‘yin o‘tkazishiga yordam berdi. Shuningdek, u hujumga qo‘shilish borasida ham samarali o‘ynab kelmoqda. Gvardiol “Real Madrid”ga qarshi “Etihad”dagi bahsda Erling Holandning birinchi goliga hammualliflik qildi hamda jamoadoshlariga bir qancha qulay imkoniyatlar yaratdi.

U ishonchli harakatlari va hujumga qo‘shilish qobiliyati orqali “Siti”ning muhim futbolchiga aylanib bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:01, 28.02.2025.
O'qildi: 6223 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик