Shanba oqshomida Ispaniya chempionatida "Betis" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.
Jud Bellingem diskvalifikasiya tufayli Madrid jamoasida o‘ynamaydi, biroq Antoni diskvalifikasiya olib tashlanganligi sababli mezbonlar safida o‘ynay oladi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu borada fikr bildirdi. "Men Bellingem haqida gapirishim mumkin va uning diskvalifikasiyasini adolatsiz deb hisoblayman.
Antoni haqida esa gapirishni istamayman", dedi Anchelotti matbuot anjumanida.