Yaqindagi himoyachi Andreas Kristensen "Barselona" safiga lazaretdan qaytgandi. Biroq, so‘nggi mashg‘ulotlardan birida daniyalik yana jarohat oldi. Bu borada "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik izoh berdi.
"Kristensenning jarohati? Umid qilamizki, hech qanday jiddiy narsa bo‘lmaydi," - dedi Flik shanba kungi matbuot anjumanida.
Andreas Kristensen uchun bu ketma-ket uchinchi jarohat. Bu mavsumda daniyalik himoyachi futbol maydonida atigi 26 daqiqa o‘ynadi. Bu avgust oyida Ispaniya La Ligasining birinchi turida "Valensiya"ga qarshi o‘yinda bo‘lgan edi.













