Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" "Inter"ga 30 million yevro taklif qilishga tayyor

"Tottenxem" "Inter"ga 30 million yevro taklif qilishga tayyor

Baho:
+ | -

"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Tottenxem" 25 yoshli futbolchini sotib olmoqchi. «Transfer News Live» «InterLive» nashriga tayanib xabar berishicha, "shporlar" kelasi yozda italiyalik uchun 25 million funt sterling (30 million yevrodan ortiq) taklif qilishga tayyor. London klubi futbolchiga yanvar oyida qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq u shartnomani rad etgandi.

Davide Frattezi joriy mavsum "neradzurrilar" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali yarim himoyachining narxini 32 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:58, 02.03.2025.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик