Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Italiya chempionati. Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Dovbik "Roma"ga g‘alaba keltirdi

Italiya chempionati. Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Dovbik "Roma"ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 27-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Komo" uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar Rimdagi "Olimpiko" stadionida o‘ynashdi. Rimliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yindagi dastlabki gol 44-daqiqada kiritildi. Uning muallifi "Komo" yarim himoyachisi Lukas Da Kunya edi. 61-daqiqada "Roma" futbolchisi Aleksis Salemakers hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada forvard Artyom Dovbik maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. U Eldor Shomurodov o‘rniga ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mehmonlar 65-daqiqada himoyachi Mark-Oliver Kempfning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo‘lib qoldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Roma" hisobidagi ochkolar soni 41 taga yetdi. Klaudio Ranyeri shogirdlari Italiya chempionati jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. "Komo" 29 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:57, 02.03.2025.
O'qildi: 1522 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик