Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Pedru Moreyra: «O‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz»

Pedru Moreyra: «O‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz»

Baho:
+ | -

"Al-Hilol"ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyraga himoyachi Shahzod Azmiddinov hamrohlik qildi.

Pedru Moreyra: - Elit Chempionlar Ligasining oldingi o‘yinlarida o‘ynagan futbolchilar va ishlagan murabiylarga rahmat aytaman. Nimchorak finalga chiqishimizda ularning ham hissasi katta.

Raqib juda kuchli jamoa. Ular Osiyoning eng kuchli va sovrindor klublaridan biri. Biz imkon qadar muxlislarga yoqadigan futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Juda kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Ularning safida yuqori darajadagi futbolchilar bor. Murabbiyi ushbu musobaqadagi mutaxassislar orasida eng ko‘p sovrinlar yutgan. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz. "Hilol" guruhda peshqadam bo‘ldi. Ular turnirda eng ko‘p vaziyat yaratgan, zarba bergan va o‘yinni nazorat qilishgan. "Paxtakor" bellashuvga yaxshi tayyorlandi. Buni ko‘rsatishga urinamiz. Himoyada juda uyushqoq bo‘lishimiz kerak. Bahsga o‘z rejalarimiz bor. Har qanday holatga hozir bo‘lish kerak. To‘pni shunchaki yo‘qotmaslik, vaziyatlardan foydalanish lozim. Raqib Chempionlar Ligasini yutishga asosiy da’vogarlardan biri.

Futbolda ko‘p narsalar ro‘y beradi, o‘zgaradi. To‘p bizda bo‘lganda hujumga o‘tishimiz lozim. Raqib yuqori bosim qiladi, yaxshi himoyalanadi va kuchli hujumkor futbolchilarga ega. Ushbu bosqichda g‘alabani o‘ylagan holda o‘ynash kerak.

Shahzod Azmiddinov: - Murabbiy raqib haqida bizga aytib o‘tdi. Kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Ertaga muxlislarni xursand qilishga borimizni beramiz.

O‘yinga barcha futbolchi tayyor. Raqibda yulduzlar, yuqori saviyali ijrochilar bor. Biz xatosiz o‘ynashga, darvozasimiz daxlsizligini saqlab qolishga intilamiz. Jamoa bilan o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Balki, havo sharoiti bizga kichik yordam berishi mumkin, lekin maydonda baribir 11 nafardan futbolchi bo‘ladi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:27, 03.03.2025.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.