"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Federiko Valverdening holatiga izoh berdi. Urugvaylik futbolchi jarohati tufayli madridliklarning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
"Valverdening ahvoli? Kecha u yakka tartibda mashq qildi va o‘zini yaxshi his qildi. Bugun u jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi va mashg‘ulotlardan so‘ng u o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, qaror qabul qilamiz," - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.