Taniqli sobiq futbolchi Franchesko Totti zamonaviy Italiya futbolining muammosini tilga oldi. "Roma" afsonasining fikricha, Italiya chempionatida yulduz futbolchilar juda kam.
"Hozir A Seriyada iste’dodlar juda kam. Bir paytlar "Breshiya"da Badjo va Gvardiola o‘ynagan, hozir esa futbolchilarning ismlarini ham bilmaymiz," - deydi jahon chempioni Viva El Futbol nashriga bergan intervyusida.













