"Liverpul" yozda klubni tekinga tark etmoqchi bo‘lgan Muhammad Salohning o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.
El Nacional xabariga ko‘ra, "Barselona" vingeri Rafinya ingliz klubining e’tiboriga tushgan. Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» futbolchi uchun 100 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Oldinroq OAVda shartnomasi shu yilning iyunigacha amalda bo‘lgan Saloh nihoyat faoliyatini "Liverpul"da davom ettirmaslikka qaror qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.













