"Jenoa" markaziy himoyachisi Yoxan Vaskes faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
«GiveMeSport» xabariga ko‘ra, 26 yoshli meksikalik futbolchini "Brentford" va "Fulxem" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Kelishuv 10 million yevroga amalga oshishi mumkin.
Vaskes joriy mavsumda 27 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.













