Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Alisson "Liverpul"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildimi?

Alisson "Liverpul"dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildimi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" posboni Alisson Beker ketishga shoshilmayapti. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, braziliyalik futbolchiga boshqa klublar qiziqish bildirmoqda va uning o‘rnini kelasi mavsumdan boshlab Georgiy Mamardashvili egallashi mumkin. Shunga qaramay, Anfield Watch ma’lumotlariga ko‘ra, Alissonning o‘zi "Liverpul"da baxtli va yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.

Alisson 2018 yildan beri "qizillar" sharafini himoya qilib kelmoqda. 32 yoshli darvozabonning mersisaydliklar bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda kiper barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Georgiy Mamardashvili "Valensiya"da ijara asosida to‘p tepmoqda. U kelayotgan yozda "Liverpul" safini to‘ldiradi.

Kiritildi: 00:57, 05.03.2025.
O'qildi: 1137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик