Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rays jamoadoshini e’tirof etdi

Rays jamoadoshini e’tirof etdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Rays jamoadoshi Etan Nvanerining o‘yiniga yuqori baho berdi.

17 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida (7:1) "kanonirlar"ga "PSV"ni mag‘lub etishga yordam berdi va 21-daqiqada gol urdi.

Angliyalik futbolchi turnirning pley-off bosqichida gol urgan eng yosh uchinchi futbolchiga aylandi.

"U 17 yoshida shunday muhim o‘yinda shu darajada o‘ynayapti - bu aqldan ozdiradigan holat. Saka shu yerda bo‘lgan taqdirda ham, Etan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lardi, chunki ishoning, u juda yaxshi mashq qiladi, u juda zo‘r", - deya Raysning so‘zlarini keltiradi jurnalist Konnor Xemm.

Kiritildi: 09:15, 05.03.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.