Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Muhammadkarim Toirov: “CHempionatning ilk uchrashuvini intiqlik bilan kutyapmiz”

Muhammadkarim Toirov: “CHempionatning ilk uchrashuvini intiqlik bilan kutyapmiz”

Baho:
+ | -

7 mart sanasida «Mavsum-2025» rasman start oladi. Yaxshi bilasiz, Superliganing ilk turini "Andijon" 8 mart kuni Qo‘qonda «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Andijonlik muxlislar ham bo‘lajak bellashuvni katta qiziqish bilan kutishayotgani sir emas. Chunki ular katta futbolni sog‘inishgan. «Andijon» esa yana yangi sarguzashtlarga hozirlik ko‘ryapti.

Jamoadagi har bir futbolchi yangi mavsum boshlanishini va xususan «Qo‘qon-1912» klubiga qarshi bellashuvni kutmoqdalar.

«Andijon»ning ajoyib futbolchilaridan biri, yarim himoyachi Muhammadkarim Toirov ham jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda bor kuch hamda imkoniyatini ishga solyapti va o‘zini nafaqat ilk uchrashuvga, balki butun boshli mavsumga tayyorlab boryapti.

Toirov bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘zini qanday his qilayotgani xususida gapirdi:

“Avvalo, barcha yurtdoshlarimizga va shu jumladan andijonliklarga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Chempionatga kelsak, ilk uchrashuvini intiqlik bilan kutyapmiz. Biz jamoamiz bilan jangga tayyormiz”.

Bu yildan Superligada vodiy derbilari yana bittaga ko‘paydi. Elitaga qaytgan «Qo‘qon-1912» bu borada «Andijon»ning chempionatdagi ilk raqibiga aylanishi va ilk turdayoq mazkur juftlik fonida muxlislarga derbi taqdim etishi shubhasiz. Muhammadkarim Toirov esa jamoamizning 1-turdagi raqib haqida shunday dedi:

“Raqibimizga keladigan bo‘lsak, ular ham chempionatga yaxshi tayyorlanishgan. Albatta, raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz. Bizni oldimizda katta maqsadlar turibdi. Bu derbida g‘alaba qozonishimiz shart. Xudo xohlasa, shunday ham bo‘ladi. Men jamoamga ishonaman!”.

Ta’kidlab o‘tganimizdek, andijonlik muxlislar ham bo‘lajak bellashuvni katta qiziqish bilan kutmoqdalar. 8 mart oqshomida shubhasiz «Andijon» fan-klubi Qo‘qondagi stadionda jamoamizni yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashiga shubha yo‘q. Buni jamoaning har bir a’zosi qalbidan his qilib turibdi va bu borada Toirov quyidagilarni aytdi:

“Yuqorida aytganimdek, bu biz uchun juda muhim o‘yin. Bu o‘z nomi bilan derbi. Derbiga biz tayyormiz. Maydonda ham jiddiy raqobat va muxlislar o‘rtasida ham shunday raqobat kechadi. Bu holat esa bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Muxlislarimizni ushbu uchrashuvda kutib qolamiz. Xudo xohlasa, ishqibozlarimizni xursand qilamiz”.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:45, 06.03.2025.
O'qildi: 1307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик