"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchilar duch kelayotgan irqchilik bilan bog‘liq muammolar haqida fikr bildirdi.
"Irqchilik? Afsuski, bu hali ham juda dolzarb muammo. Vinisius diqqat markazida, lekin u yolg‘iz emas: Niko Uilyams bilan ham xuddi shunday bo‘lgan. Ajoyib futbolchi bo‘lgani uchun haqorat qilinyaptimi? Bu bahona bo‘lishi mumkin, lekin bunday bo‘lmasligi kerak.
O‘ylaymanki, bu mavzuda oldinga katta qadam tashlash mumkin", - dedi italiyalik mutaxassis.