"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yin oldidan Kilian Mbappening holati haqida gapirdi.
"Mbappe "Atletiko"ga qarshi "Siti"ga qarshi qilgan ishini qilmadi. Umuman olganda, u juda yaxshi o‘ynaydi, biz undan juda mamnunmiz. Shuni yodda tutishimiz kerakki, u har doim ham eng yaxshi holatda emas. Mavsum qiyin", - dedi italiyalik mutaxassis.













