Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kompani: "Tanqid muqarrar ekanini tushunish kerak"

Kompani: "Tanqid muqarrar ekanini tushunish kerak"

Baho:
+ | -

"Bavariya" Bundesliganing 25-turida kutilmaganda o‘z maydonida "Boxum"ga mag‘lub bo‘ldi (2:3).

Myunxenliklar 28-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgandi, ammo mehmonlar ko‘p o‘tmay hisobni bittaga qisqartirishdi va birinchi bo‘lim oxirida yarim himoyachi Joau Palinya maydondan chetlatildi.

Tanaffusdan so‘ng “Boxum” raqib darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

"Biz mag‘lub bo‘ldik, uzr so‘rashga hojat yo‘q. Nima bo‘lganini xohlaganingizcha tahlil qilishingiz mumkin, ammo biz mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz va keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak. Ilgari futbolchilar yo‘qotishlarga doim to‘g‘ri munosabat bildirishardi.

Tanqid muqarrar ekanini tushunish kerak, ammo biz bor e’tiborimizni keyingi o‘yinga qaratishimiz kerak", - deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

"Bavariya" seshanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida safarda "Bayer"ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 22:35, 08.03.2025.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик