Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Fevzi Davletov: «O‘yinning boshida o‘tkazib yuborilgan gol bizga salbiy ta’sir qildi»

Fevzi Davletov: «O‘yinning boshida o‘tkazib yuborilgan gol bizga salbiy ta’sir qildi»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov "Qizilqum"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

O‘yin haqida
— Birinchidan, barchani yangi mavsumning boshlanishi bilan tabriklayman. Afsuski, o‘tgan mavsumdagi kabi, biz yana mag‘lubiyat bilan boshladik. Xatolarimiz bo‘ldi, shu jumladan, o‘z darvozamizga gol o‘tkazishga sabab bo‘lganlari ham. Bu esa jamoaning shoshilishiga olib keldi. Biz imkoniyatlar yaratdik, penalti ham bo‘ldi, lekin gol ura olmadik.

Ikkinchi bo‘limda biz o‘yin taktikasiga o‘zgartirishlar kiritdik, lekin bizga kerakli natijaga erishish uchun biroz yetishmadi. Endi xatolarimizni o‘rganib, ushbu o‘yinni chuqur tahlil qilamiz

— Sizningcha, darvozabon Davron Merganovning o‘yini qanday bo‘ldi? Uning harakatlari haqida qanday fikrdasiz?
— Hozircha u jamoamizning asosiy darvozaboni. Murabbiylar shtabi qarori bilan uni ushbu o‘yinga tayyorladik. U maydonda bor kuchi bilan harakat qildi. Biz butun o‘yinni yozuvdan to‘liq ko‘rib chiqamiz va butun jamoaning o‘yinini tahlil qilamiz

— «Qizilqum» himoyada juda zich o‘ynadi va hujumkor futbolchilarimizga bo‘sh hudud qoldirmadi. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq?
— Aniqki, «Qizilqum» bizni o‘rganib chiqqan. Raqib bizga chiziqlar orasida bo‘sh hudud qoldirmadi. O‘ylashimcha, o‘yinning boshida o‘tkazib yuborilgan gol bizga salbiy ta’sir qildi. Ammo yana bir muhim lahza – bu penalti edi. Agar uni urganimizda, o‘yin boshqacha kechardi va biz muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lardik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, lekin bizda to‘pni himoyadan hujumga olib o‘tishda muammolar bo‘ldi.

— Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan hujumchi Abdug‘afur Haydarov o‘yinga juda tez moslashdi. U aslida asosiy tarkib futbolchisi emasmi?
— Biz ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirishga qaror qildik. Shuni ham inobatga olish kerakki, Abdurahmonov kichik jarohat oldi. Haydarov harakat qildi, lekin darhol o‘yinga kira olmadi. Unga o‘yinning oxirgi daqiqalarida biroz kuch yetishmadi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 22:57, 08.03.2025.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.