Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vadim Abramov: «Gol ura olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman»

Vadim Abramov: «Gol ura olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman»

Baho:
+ | -

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Superliganing 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo, barcha muxlislarni mavsumning boshlangani bilan tabriklamoqchi edim. Ochilish marosimi bo‘ldi, shunday ekan, tomoshabinlarga yoqishi uchun yaxshi o‘ynashga harakat qildik.  

Qanday natijaga erishdik – bilmayman, ammo o‘yin qiziqarli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Har kim buni o‘zicha baholaydi, tomoshabinlar yuqoridan qaraganda, boshqacha ko‘rinishi mumkin. Qilinmasligi kerak bo‘lgan xatolar bor edi. Juda yaxshi o‘ynadik, deb aytish qiyin. Yutish ham mumkin edi, yutqazish ham mumkin edi, shuning uchun o‘yin teng kechdi, desa ham bo‘ladi.

Gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar yuzaga keldi. Tomoshabinlar gol ko‘rish uchun stadionga kelishadi, ammo bugun gol bo‘lmadi, shuning uchun uzr so‘rayman. Lekin muxlislarni tabriklash kerak, ularni xafa qilmoqchi emasdik. Nima ham derdim – futbol shunday sport. Keyingi o‘yinda gol uramiz, deb umid qilamiz.

Birinchi savolga javob bersam, albatta, bu birinchi rasmiy o‘yin bo‘lgani uchun hayajon bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, siz aytgan mahorat yetishmasligi ham ehtimol. Yana bir masala – biz hali ritmga kirib ulgurmadik, shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Marko Stoyanovich haqida aytsam, u yaqinda jamoamizga kelib qo‘shildi. Ilgari penaltini Anvar zarba berib, yaxshi uddalardi. O‘yindan oldin men Marko bilan gaplashib, penaltini Anvar tepishini aytdim. U esa: ""Nasaf" safida faqat bir marta penaltidan gol ura olmadim", – dedi. Ammo men u holatni yaxshi eslayman, shuning uchun Anvar tepishi kerak, deb qaror qildim.

Afsuski, Anvar to‘pga yaqinlashganda, u biroz hayajonlandi. Chunki bir necha imkoniyatlarga ega bo‘lgan, lekin bugun unga omad kulib boqmagan edi. Balki o‘z uyida o‘ynayotgani uchun o‘ziga bosim qilgandir.

Jamoam bilan faxrlanaman, biz mehmonda shunday kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Hatto durangdan ko‘prog‘igi munosib edik, g‘alaba qozonishni istagandik.

Hozircha jamoadagi o‘zgarishlar haqida gapirishga erta. Anvar hech qanday qiyinchiliksiz o‘ynay oladi, shuning uchun hozirdanoq xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘ladi. Beshinchi turdan keyin aniq bir fikr bildirish mumkin.  

Jamoamizda maqsad katta – biz hamma ishtirokchi jamoalar kabi yuqori maqsadlarni ko‘zlaymiz. Bu haqda gapirish qiyin, ammo biz eng yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz.  

Samarqandda bazamiz va mashg‘ulot o‘tkazish uchun stadionlar yetishmaydi. Yangi viloyat hokimi bu masalaga e’tibor qaratishiga umid qilaman. Agar bu muammo hal etilsa, Samarqand jamoasi yuqori o‘rinlar uchun kurasha oladi. Keyin hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘p", — dedi Abramov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:15, 10.03.2025.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.