"Real" vingeri Rodrigo jamoadoshlari Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan birga harakat qilish qanday bo‘lishini aytdi.
"Mbappe va Vinisius bilan birga o‘ynash o‘zgacha. Bunday hujumning bir qismi bo‘lish haqiqiy orzu. Kundan-kunga bir-birimizni yaxshiroq tushunyapmiz, o‘yinga moslashyapmiz va yanada sifatli futbol ko‘rsatyapmiz", - dedi 24 yoshli braziliyalik futbolchi.













