Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkent shahrida Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Vakillarimiz Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan musobaqaning guruh bosqichida Tailand, Xitoy va turnir mezboni Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA rahbariyati jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda futbolchilarga assosiasiya tomonidan yuksak ishonch bildirilishi, avvalgi turnirda bo‘lgani singari terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi zarurligi ta’kidlandi.

"Bir jamoa bo‘lib, ahillikda yuqori natija qayd etishingizga ishonchimiz komil. Bu kabi musobaqalar aynan siz uchun katta imkoniyat eshiklarini ochadi. Buni Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro turnirlarda ishtirok etish orqali tajriba to‘playsiz, ishonchli o‘yin esa aynan tajriba ortidan keladi", dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov.

Shuningdek, Islom Ismoilov jamoa Osiyo kubogida bor imkoniyatini ishga solishi, futbolchilar ham turnir darajasini his qilib turganini qayd etdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizasiyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish haqida ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ertaga, 12 mart kuni Toshkentdagi yig‘inni yakunlab, Doha shahriga yo‘l oladi. Vakillarimiz 17, 20 mart kunlari Qatar o‘smirlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Manba: UFA
Kiritildi: 18:51, 11.03.2025.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик