Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 0-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Elit OCHL. «Paxtakor» Ar-Riyodda «Al-Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etdi

Elit OCHL. «Paxtakor» Ar-Riyodda «Al-Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

OFK Elit chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Paxtakor» Saudiya Arabistonida «Al-Hilol» klubiga qarshi javob o‘yinini o‘tkazdi. Unda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. "Paxtakor" esa Toshkentda g‘alabaga erishganiga qaramay, musobaqani tark etdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalarida "Paxtakor" himoyada qattiq turdi. Jonatan bir nechta xavfli zarbalarni qaytarib, darvozani sof saqlab turdi. Biroq 31-daqiqada raqibning bosimi o‘z samarasini berdi va hisob ochildi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Malkom "Paxtakor" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va ikkinchi golni urdi.

Tanaffusdan keyin "Paxtakor" bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi. Ammo "Al-Hilol" darvozaboni ajoyib seyv evaziga jamoasini qutqarib qoldi. 51-daqiqada esa Alijonov qo‘pollik ishlatgani uchun penalti belgilandi. Salim ad-Dovsariy undan samarali foydalanib, hisobni 3:0 ko‘rinishga keltirdi.

"Paxtakor" qolgan daqiqalarda hujumlar uyushtirishga urindi, ammo Xolmatov va Sergeevning harakatlari hisobni o‘zgartira olmadi.  

90+3-daqiqada "Al-Hilol" chiroyli kombinasiya tashkil qildi va to‘rtinchi golni urdi.

Elit Chempionlar Ligasi, nimchorak final
"Kingdom Arena" stadioni
"Al-Hilol" - "Paxtakor" 4:0  
Gollar: Hamad al-YAmiy (31), Malkom (42), Salim ad-Dovsariy (51-penalti), Nosir Dovsariy (90+3)
Dastlabki o‘yin — 0:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:04, 12.03.2025.
O'qildi: 3463 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик