"Bavariya" ketma-ket oltinchi mavsum Chempionlar Ligasi chorak finalida o‘ynaydi.
Vensan Kompani jamoasi 1/8 finalda "Bayer"ni ikki marta (3:0, 2:0) mag‘lub etib, musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
Myunxenliklar 35 marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Chempionlar Kubogining chorak finaliga qadar yetib borgan. Bu bosqichda faqat "Real" ko‘proq ishtirok etgan - 39.
"Bavariya"ning keyingi raqibi "Inter" bo‘ladi.