Aralash yakkakurashlar afsonasi, UFC'ning yengil divizion sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul" - "PSJ" javob o‘yinini bevosita stadiondan kuzatdi.
Rossiyalik sportchi "Enfild" tribunalarida fransuz klubi emblemasi tushirilgan kurtkada edi. O‘yindan keyin u parijliklar rahbari bilan suratga tushdi.
"PSJ" - Nosir Al-Xelayfiy. "PSJ" aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirdi," - deb yozadi Xabib ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













