Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘FA qoshida futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

O‘FA qoshida futbol hakamlari akademiyasi tashkil etiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbol hakamlari har doim Osiyo miqyosida yuqori mavqega ega bo‘lib kelgan. Jahon chempionatlarida hakamlik bo‘yicha rekordlar, Osiyo kuboklarining hal qiluvchi o‘yinlarini boshqarish, qit’a va jahon miqyosida eng yaxshi hakamlik bo‘yicha individual sovrinlarni qo‘lga kiritish kabi yutuqlarni eslab o‘tish mumkin. Bugungi kunda ham hakamlarimiz xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Bir necha avlod davomida shakllangan hakamlik maktabini yanada mustahkamlash, yosh hakamlarga professional darajada bilim va ko‘nikmalar berish, hakamlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

Ushbu akademiyaga xalqaro tajriba asosida faoliyat yuritib, futbolchilik faoliyatini turli sabablarga ko‘ra yakunlagan, jismonan yetuk, futbol bo‘yicha yetarli bilimga ega hamda chet tillarini biladigan yoshlar jalb etiladi.

Mamlakatimizning eng tajribali referilari, ustoz-murabbiylari va FIFA instruktorlari yosh avlodni har tomonlama kuchli, bilimli va professional mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘FA rasmiy sahifalari orqali yaqin kunlarda akademiya tomonidan boshlanadigan tanlov va undagi talablar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 10:45, 14.03.2025.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик