Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bayer" yulduzi "Manchester Siti"ga o‘tishga tayyor

"Bayer" yulduzi "Manchester Siti"ga o‘tishga tayyor

Baho:
+ | -

"Bayer" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin.

TBR Football jurnalisti Grem Beylining ta’kidlashicha, 21 yoshli futbolchining vakillari "Manchester Siti"ga yozgi transfer amalga oshishi mumkinligini ma’lum qilishgan. Avvalroq, Virts "Bayer"da yana bir mavsum qolishi taxmin qilinayotgandi, ammo hozirda xavbekning kelajakdagi pozisiyasi o‘zgargandek ko‘rinmoqda.

Manbaga ko‘ra, Virs "Manchester Siti" kelasi yozda qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan Kevin de Bryuynening o‘rnini egallaydi.

Joriy mavsumda Florian barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:54, 15.03.2025.
O'qildi: 2723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик