Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xokkey. Yarim final. "Humo" seriyada "Torpedo" bilan hisobni tenglashtirdi (videosharh)

Xokkey. Yarim final. "Humo" seriyada "Torpedo" bilan hisobni tenglashtirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning O‘skemen shahrida Pro Ligasy yarim finalining ikkinchi o‘yini davom etdi.

O‘yin boshida "Humo" bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi va Aleksandr Shevchenko raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bo‘lim o‘rtalarida Andrey Yakovlev hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning boshida mezbonlar xokkeychisi Stepan Aleksandrov raqib darvozasiga shaybani yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shuningdek, bu vaziyatdan so‘ng mehmonlar murabbiylar shtabi darvozabon Gleb Moiseevning o‘rniga Konstantin Kozlovskiyni tushirishga qaror qildi. Bu qaror o‘z samarasini berdi – "Humo" tanaffusgacha nafaqat hisobni tenglashtirdi, balki Aleksandr Derbenyovning dubli orqali oldinga o‘tdi.

Uchinchi bo‘limga tugashiga 2 daqiqa qolganida esa Andrey Pavlenko "Torpedo" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘rtinchi shaybani raqib darvozasiga joyladi.

Endilikda seriya O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chadi va jamoalar 1-1 hisobi bilan teng holatda davom ettirishadi. Toshkentdagi o‘yinlar 20 va 22 mart kunlari o‘tkaziladi.

"Torpedo" – "Humo" 2:4 (1:1, 1:2, 0:1)  
Gollar:  0:1 – 02:12 – Shevchenko (Karaban, Malishev)
1:1 – 07:49 – Yakovlev (Rifel, Bazanov)  
2:1 – 23:24 – Aleksandrov (Parxomenko, Akmaldinov)  
2:2 – 32:05 – Derbenyov (Dyukarev)  
2:3 – 35:14 – Derbenyov (Malishev, Dorofeev)  
2:4 – 57:44 – Pavlenko (Derbenyov)  
Seriya hisobi: "Torpedo" – "Humo": 1-1 (5:3, 2:4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:20, 16.03.2025.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик