Londonning "Arsenal" klubi sobiq boshqaruvchisi Arsen Venger zamonaviy futboldagi sevimli futbolchilarini sanab o‘tdi.
"Hozir kimni kuzatishni yaxshi ko‘raman? Vinisius, Mbappe, Saloh va Palmer nomlarini keltirmoqchiman," - deya fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Give me Sport.
Eslatib o‘tamiz, Venger 1996-2018 yillarda London klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.