Italiya chempionatida 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmodi, Milanning "Inter" klubi Bergamoga safar qildi va u yerda "Atalanta"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. "Atalanta"ning belgiyalik futbolchisi Marten De Ron klubining muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.
"Inter" qanday o‘ynashi, qanday imkoniyatlar yaratishi jihatidan chempionatdagi eng kuchli klub. Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi, o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatishga harakat qildik va kuchli pressing uyushtirdik. Biz o‘zimizga ishondik, ammo ikkinchi bo‘lim yaxshi o‘tmadi, chetlatish esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi," - deya de Ronning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.













