Meksikaning “Monterrey” klubida o‘ynayotgan markaziy himoyachi Serxio Ramos mahalliy chempionatning 12-tur uchrashuvida maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ispaniyalik yulduz raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va buning uchun qizil kartochka oldi. Uchrashuv "Monterrey"ning "Pumas" ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Joriy mavsumda Serxio Meksika jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi.