Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Promes islomni qabul qildi

Promes islomni qabul qildi

Baho:
+ | -

Dubayning «Yunayted FK» vingeri Kvinsi Promes islomni qabul qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi masjidda guvohlar huzurida shahodat kalimasini aytgan va Muhammad ismini olgan.

Promesga yaqin manbalarning aytishicha, futbolchi jinoiy ishlar tufayli hayoti izdan chiqib ketganini his qilib, hammasini o‘zgartirishga qaror qilgan. U yangi dinni qabul qilish haqidagi qarorini 2024 yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarida Niderlandiya prokuraturasi talabi bilan hibsga olinganidan so‘ng qabul qilgan. U bu qadamni Moskva «Spartak» klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin qo‘ydi.

Promes haqida ma’lumotlar:

- «Spartak» safida 2014–2018 va 2021–2024 yillarda to‘p surgan.

- Amsterdam sudi uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqargan (giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqadorlik ishi bo‘yicha).

- Shuningdek, amakivachchasiga pichoq bilan hujum qilgani uchun 1,5 yillik qamoq jazosi berilgan.

- Niderlandiya haligacha uni Birlashgan Arab Amirliklaridan ekstradisiya qilishga erisha olmagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:50, 18.03.2025.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.