Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"An-Nasr" "Arsenal" himoyachisiga katta maosh va’da qildi

"An-Nasr" "Arsenal" himoyachisiga katta maosh va’da qildi

Baho:
+ | -

Gabriel Magalyaes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

"Arsenal" himoyachisiga "An-Nasr" klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi GiveMeSport. Saudiya klubi yozda transfer taklifi bilan chiqishni rejalashtirmoqda va allaqachon futbolchining o‘zi bilan bog‘langan.

Braziliyalik futbolchiga bir mavsum uchun 20 mln yevro maosh taklif qilishmoqchi - bu uning hozirgi klubidagi maoshidan uch barobar ko‘p.

Londonliklar 100 million yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmaydi. "Arsenal"ning yangi sport direktori Andrea Berta futbolchini shartnomani uzaytirishga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Gabrielning o‘zi mavsumni "kanonirlar" safida yakunlashga e’tibor qaratmoqda, ammo faoliyatining qaysidir bosqichida Saudiya Arabistoni ligasiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

27 yoshli himoyachi joriy mavsum APLda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Kiritildi: 05:07, 19.03.2025.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик