"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines "Atletiko" bilan o‘yinda (4:2) jarohat olgani sababli Ispaniya terma jamoasi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.
33 yoshli futbolchi avvalroq 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi aytilgandi. Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Martines 27 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Osasuna"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.