Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Inter" sobiq futbolchisi jamoaning trebl qilish imkoniyatiga baho berdi

"Inter" sobiq futbolchisi jamoaning trebl qilish imkoniyatiga baho berdi

Baho:
+ | -

Braziliyalik sobiq himoyachi Lusio "Inter"ning joriy mavsumdagi istiqbollari haqida gapirdi.

Simone Indzagi jamoasi A Seriya turnir jadvalida "Napoli"ni 3 ochkoga ortda qoldirib, finishga 9 tur qolganida peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, "neradzurrilar" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya" va Italiya kubogi yarim finalida "Milan" bilan o‘ynaydi.

"Men "Inter"ni, butun Italiya futbolini kuzataman. Har doim jamoani qo‘llab-quvvatlayman. "Bavariya"ga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, ammo "Inter" kuchli va o‘z maqsadiga erisha oladi.

Trebl? Ha, bo‘lishi mumkin. Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish hammasidan ham qiyinroq bo‘ladi, ammo imkoniyatlar bor," - deya Lusioning so‘zlarini keltiradi "Gazeta.Ru" DAZN'ga tayanib. Eslatib o‘tamiz, braziliyalikning o‘zi 2010 yilda "Inter" bilan treblni qo‘lga kiritgan, bungacha esa "Bavariya" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 08:43, 23.03.2025.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.