Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" futbolchisi "Bavariya"ga o‘tmaganidan xafa

"Chelsi" futbolchisi "Bavariya"ga o‘tmaganidan xafa

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku qishki transfer oynasida "Bavariya"ga o‘tishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi London jamoasidagi o‘yinidan mamnun emas va uning asosiy tarkibda muntazam o‘rni yo‘q. Nkunku "Bavariya"ga o‘tishi yanvar oyida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin juda xafa bo‘lgan.

Myunxen gigantining sport direktori Maks Eberl hujumchini Germaniyaga qaytishga ishontirdi, biroq keyinchalik moliyaviy sabablarga ko‘ra kelishuv imkonsizligini aytdi. Biroq tomonlar yozda muzokaralarni davom ettirishi mumkin.

Kristofer Nkunku joriy mavsum “Chelsi” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 10:14, 26.03.2025.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик