Kirish Ro'yxatdan o'tish

Neymar hozircha o‘ynay olmaydi - sababi ma’lum

Neymar hozircha o‘ynay olmaydi - sababi ma’lum

Baho:
+ | -

"Santos"ning yulduz hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan "Vasko da Gama"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda UOL jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 33 yoshli hujumchi chap sonidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan. Ushbu jarohat tufayli Neymar Braziliya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etmadi. Hujumchi tiklanish muolajalari majmuasidan o‘tdi, biroq hozircha mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi.

Eslatib o‘tamiz, "Vasko da Gama" va "Santos" jamoalari o‘rtasidagi bahs 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:59, 26.03.2025.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик