Dayo Upamekano tizzasidan olgan jarohati tufayli 6 haftaga safdan chiqqan.
Bu haqda "Bavariya" matbuot xizmati xabar bermoqda. Fransuzning chap tizza bo‘g‘imida muammo borligi aniqlandi.
Xabar qilinishicha, Upamekano taxminan 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.